Jamiyat
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida ikki yosh nikoh toʻyini kutubxonada oʻtkazdi.
Qayd etilishicha, kelin shaharning “Amiri” kutubxonasi mudirasi boʻlib ishlagan, yigit esa kitob oʻqishga bu kutubxonaga tez-tez tashrif buyurib turgan. Shu yerda tanishgan ikki yosh nikohini ham kutubxonada oʻtkazishga qaror qilgan.
“Oʻqishdan boʻsh vaqtlarim shu yerga koʻp kelaman, kitob mutolaa qilaman. Boʻlajak turmush oʻrtogʻimni shu kutubxonada 2023-yil iyulda uchratganman”, — deydi kuyov.
Lavhaga koʻra, ularning ota-onasi ham bundan xursand. “Baxtiyorjon toʻrtinchi farzandim, nihoyatda kitobsevar. Oylik olishi bilan kitob sotib olib, shu yerga kelib oʻqir edi. Kelinimni ham shu yerda uchratib, bir-birlariga maʼqul kelibdi. Taqdir ekan, nikoh jarayonida qatnashib turibmiz”, — deydi kuyovning onasi.
Tadbirda Qoʻqon shahri hokimi Maʼruf Usmonov ham ishtirok etib, yoshlarga baxt tilagan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q