Jamiyat
Madaniyat vazirligi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va sanʼat xodimlariga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Prezidentning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun madaniyat va sanʼat xodimlariga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badali va foizlarning bir qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqish;
“Birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartiralar hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini mahalliy budjet hisobidan qoplab berish” sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish, uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi.
Belgilanishicha:
har yili mahalliy budjetdan shahar va qishloq joylarida qurilgan koʻp qavatli uylardan birlamchi va ikkilamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 million soʻmdan hamda Toshkent shahri uchun 245 million soʻmdan yuqori boʻlmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi tavsiyanoma olgan shaxslar ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan qismini oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiradi;
subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham inobatga olinadi;
yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlari Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar uchun ajratiladi;
sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q