Jamiyat
Amerikaning Gallup jamoatchilik fikri instituti Tojikistonni dunyoning eng xavfsiz davlati deb topdi.
2022-yilda 141 mamlakatda oʻtkazilgan tadqiqotda jinoyatchilik darajasi va mahalliy huquq-tartibot idoralariga ishonchni aniqlash maqsadida 146 mingdan ortiq kishi (har bir mamlakatda bir ming kishi) orasida soʻrov oʻtkazilgan.
Tojikiston reytingda 96 ball bilan birinchi oʻringa loyiq koʻrildi. Tojiklar Finlyandiya va Islandiya kabi davlatlarni ham ortda qoldirgan.
Soʻrovda qatnashgan tojikistonliklarning aksariyati mahalliy politsiyaga ishonch bildirishi va tungi sayrlarda xavf-xatar sezmasliklarini aytgani qayd etilgan.
Oʻzbekiston 90 ball toʻplab, ushbu reytingda 4-pogʻonani egallagan. Daniya, Indoneziya, Kosovo, Sloveniya kabi mamlakatlar ham 90 balldan toʻplagan.
Reytingning soʻnggi oʻrnida 49 ochko toʻplagan Liberiya joylashgan.
Soʻrovda qatnashgan fuqarolar qay tarzda tanlab olingani va ularga qanday savollar berilgani maʼlum emas.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q