Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq bosh vaziri bilan uchrashdi

Saqlash
14:43 / 08.11.2023 1106 0

Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni Qatarning sobiq bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatda boʻlib turibdi. Oʻzbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasi, Toshkent shahrida yirik logistika markazi, savdo va turar-joy majmuasini qurish, yuqori tezlikda harakatlanishga moʻljallangan avtomobil va temir yoʻllar infratuzilmasini barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, energetika, metallurgiya, toʻqimachilik sanoati, chorvachilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.

Ushbu loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshma fond tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi. Loyihalar qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//