Oltinkoʻl tumanida “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani” ochildi

Saqlash
23:06 / 07.11.2023 1336 0

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida “Maʼnaviyat va maʼrifat” maskani ish boshladi.

Maskanning ochilish marosimida tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olgan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Abdulhamid Nurmatov, tuman hokimi oʻrinbosari Faxriddin Parpiyev, siyosatshunos, iqtisodchi olim Narzulla Oblamurodov, Oʻzbekiston Qahramoni Shukurjon Mamatqulov va boshqalar mamlakatimizda keyingi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, soha faoliyatini yanada yuqori bosqichga koʻtarishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi.

 

– Yigʻilish, uchrashuv va seminarlar oʻtkazishga moʻljallangan zal, kutubxonaga ega maskanimizda qator qulayliklar yaratilgan, – deydi Maʼnaviyat-maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi Maftuna Yusupova. – Markazimiz maʼnaviyatchilarning samarali faoliyat yuritishi, oʻzaro tajriba almashishiga xizmat qiladigan gavjum maskanlardan biriga aylanadi.
 

 

Tadbir doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” bilimlar bellashuvi, sport musobaqalari, tuman ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy rivojiga munosib hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan faxriylar, faollar hamda yoshlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tadbirlari oʻtkazildi.

 

 

 

Tadbir nihoyasida saxovatli tadbirkor tomonidan tumandagi 25 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachalari sovgʻa qilindi. Ana shunday xayrli ishlar bilan faoliyat boshlagan Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tumanda nafaqat maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga, balki odamlar oʻrtasida mehr-oqibat, saxovat rishtalarini yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//