UzAuto Motors bir kishining nomiga 10 talab shartnoma tuzilgani haqidagi xabarni feyk deb atadi

Saqlash
20:12 / 07.11.2023 1329 1

UzAuto Motors ommabop avtomobillar uchun shartnoma ochganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda shartnoma olishda adolatsizlik boʻlayotgan haqida xabarlar tarqaldi. Xususan D.K. ismli xaridor nomiga tuzilgan shartnomalar roʻyxati (kamida 10 dona) aks etgan surat koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Kompaniya esa mazkur xabarlarni feyk deb atadi.
 

“3-noyabrda ushbu suratda ismi keltirilgan fuqaro bilan Chevrolet avtomobilini sotib olish boʻyicha hech qanday shartnoma tuzilmagan. Bundan tashqari, 3-noyabr kuni shartnomalar Chevroletʼning faqat L-Style AT modeli uchun mavjud boʻlgan. Ammo rasmda bir vaqtning oʻzida Lacetti avtomobillarining kamida 4 ta komplektatsiyasi, shu jumladan, mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan modelini ham koʻrish mumkin”, deyiladi xabarda.
 

 

Shuningdek, dilerlik markazi xodimlari yopiq eshiklar ortidan avtomobil sotib olish boʻyicha 50 ta shartnoma tuzganligi aks etgan videotasvirlar ham keng tarqalgandi.

Kompaniya bunga ham izoh berar ekan, hodisa avvalroq sodir etilganini maʼlum qildi. “Joriy yilning noyabr oyida ommabop avtomobillar uchun ochilgan shartnomalarga mutlaqo aloqasi yoʻq, buni video tasvirlardagi aholining hozirgi mavsumga mos kiyimda emasliklaridan ham bilish mumkin”, deyiladi xabarda.

UzAuto Motors bunday holatlarga juda jiddiy yondashadi hamda kompaniyaga ushbu hodisa toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushishi bilanoq, ushbu dilerlik markazida shartnoma tuzish tizimi darhol uzilgan. Bundan tashqari, ushbu salon rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
 

“Eslatib oʻtamiz, agar siz har qaysi Chevrolet dilerlik markazlarida bu kabi holatlarga guvoh boʻlsangiz yoki qonunga zid xatti-harakatlarni sezsangiz, darhol kompaniyaning rasmiy aloqa kanallari orqali xabar berishingizni soʻraymiz. Shundagina bunday muammolarni bartaraf etishimiz, ularning faoliyatida halollik va oshkoralikni taʼminlash boʻyicha samarali choralar koʻrishimiz mumkin”, deb qoʻshimcha qilingan xabarga.

1 Izoh

Ural

23:11 / 07.11.2023

Yolgʻon emas hammasi toʻgʻri

Izoh qoldirish

//