Jamiyat
7-noyabr kuni Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Oybek Madaminovich Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Oybek Xolboyev 1974-yil 15-sentabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.
2014-yilda Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2014−2017-yillarda tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, 2017−2018-yillarda Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi, 2018−2019-yillarda Bogʻot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, soʻngra hokimi boʻlib ishlagan.
Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi boʻlgan.
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa Shuhrat Kurvondurdiyevich Ahmedov Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuhrat Ahmedov 2023-yilning aprel oyidan buyon Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q