Jamiyat
Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulligi xodimlari Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan oʻzbekistonliklarning vatanga qaytishiga koʻmak koʻrsatdi, deb yozmoqda Dunyo AA
Bosh konsullikdan olingan maʼlumotlarga koʻra, shu yil oktabr oyida Oʻzbekiston fuqarolari X.S., B.S., U.D. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh vatandoshlarning fuqarolik pasportlarini olib qoʻyganini hamda oylik maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini maʼlum qilgan.
Vatandoshlarning murojaatlari asosida olib borilgan surishtiruvlarga koʻra, joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Moskva viloyatida roʻyxatdan oʻtgan “Konstanta” MCHJ 100 nafardan ortiq oʻzbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xoʻjaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha boʻlish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan.
Vatandoshlar bilan muloqot davomida ular 2 oy davomida oylik maoshlarini olmagani, fuqarolik pasportlari tortib olingani aniqlandi.
Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 53 nafar oʻzbekistonlikning fuqarolik pasport olib berilishiga erishildi va ularga vatanga yetib olishi uchun koʻmak koʻrsatildi. Qolganlar esa Yekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarida qonuniy tarzda oʻz faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q