Madaniyat
Xonanda Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” taronasini ijro qilib mashhur boʻlgan qizlardan biri, Kosonsoy tumanining 5-sonli maxsus maktab-internat oʻquvchisi Nurzida Isayevaning koʻzlari davolanadi. Bu haqida Yulduz Usmonova maʼlum qilgan.
Xonandaning maʼlum qilishicha, Nurzida Isayevaning davolanishiga Prezidentning kenja kuyovi, Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov tomonidan moddiy koʻmak koʻrsatilgan.
“Nurzida Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasida tekshiruvdan oʻtdi. Shifokorlar Isayeva katta ehtimol bilan koʻra olishini taxmin qilishmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 30-noyabr kuni xonanda Yulduz Usmonova “Muhabbat” taronasini kosonsoylik qizlar Madina Usubjonova va Nurzida Isayevalar bilan “Biz turlimiz. Biz tengmiz” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir doirasida birga kuylagan edi
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q