Italiya prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Saqlash
23:14 / 06.11.2023 1507 0

Italiya Respublikasi prezidenti Serjio Mattarella rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelmoqda. Tashrif 9−11-noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

“Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik Oʻzbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir”, deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.

Qayd etish kerak, shu yilning 7-9-iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga borgandi. Davlat rahbari Kiji saroyida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Serjio Mattarellani mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgandi.

1997-yilda Italiya prezidenti Oskar Luiji Skalfaro ham Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//