Jamiyat
Open Budget loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan ayrim loyihalar uchun mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan Budjetnomaga koʻra, 2023-yilda Open Budget axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish xarajatlariga 2024-yil Davlat budjeti loyihasida mablagʻlar koʻzda tutilgan.
Davlat budjeti loyihasida 2024-yilda Tashabbusli budjet uchun 7,0 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikka 2024-yilda respublika budjetidan 91,9 trln soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsa, shundan vazirlik xarajatlari tarkibida 18,1 trln soʻm keyinchalik qayta taqsimlanadigan ayrim mablagʻlar nazarda tutilgan.
Ushbu qayta taqsimlanadigan mablagʻlar qatorida tashabbusli budjet jarayonlarida qoʻshimcha tarzda gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 2,1 trln soʻm ajratilishi belgilangan.
2022-yilda Prezident Open Budget loyihasida qatnashib, 2 mingdan ortiq aholi ovozini toʻplagan, ammo gʻolib boʻla olmagan 364 ta loyiha uchun qoʻshimcha 335 mlrd soʻm ajratishga koʻrsatma bergandi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q