Jamiyat
“Oʻzgidromet” rahbari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.
Taʼkidlanishicha, 8—9-noyabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilayotgani sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112436
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q