Hafta oʻrtasida nam va sovuq havo massasi kirib keladi

Saqlash
17:49 / 06.11.2023 1362 0

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari taʼsiri ostida boʻladi.

Respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduzi baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 19-24 daraja atrofida boʻladi. Hafta oʻrtasida havo oʻzgaradi.

8-noyabrda Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 9-noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. 10-noyabrda respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.

8−10-noyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 8−9-noyabrda harorat +13…+18 darajagacha asta-sekin pasayadi, 10-noyabrda +15…+20 daraja boʻladi. 10-noyabrga kelib, harorat kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi.

Toshkent shahrida 6−7-noyabr kunlari havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +20…+23 daraja iliq boʻladi. 8-noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. 9-noyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu kunlarda harorat +14…+16 darajagacha asta-sekin pasayadi

10-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +16…+18 daraja boʻladi, kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//