“Biz Vatan posboni – umid nihollarimiz!”, “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” va “Uch avlod uchrashuvi”. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Surxondaryoda

Saqlash
23:43 / 03.11.2023 2297 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyatda manzilli chora-tadbir dasturiga asosan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Termiz tumani 34-sonli umumtaʼlim maktabida oʻz umrini el-yurt xizmatiga baxshida etgan, halol xizmati bilan jamiyatda obroʻ-eʼtibor qozongan nuroniylar hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

 

 

 

Tadbirda Oʻzbekiston adabiyot va sanʼat jurnali bosh muharriri Salim Ashur, Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi masʼul xodimi U.Rahmatovlar ishtirok etishdi.

 

 

 

 

Muzrabot tumanidagi Kasb-hunar maktabida harbiylar, oʻquvchi-yoshlar hamda taʼlim muassasasi jamoasi ishtirokida “Biz Vatan posboni – umid nihollarimiz!” mavzusida, tumandagi 7-sonli umumtaʼlim maktabida esa “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir, dramaturg Qoʻchqor Norqobil tadbirda mehmon sifatida ishtirok etdi.

 

 

 

Jarqoʻrgʻon tumanidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabi va Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida oʻtkazilgan koʻtarinki ruhdagi tadbirlarda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur hamda vatanimizning ertangi himoyachisi boʻlgan yosh chegarachilar mehmon boʻldi.

 

 

Soʻzga chiqqanlar tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, kitobning inson maʼnaviyatida tutgan beqiyos oʻrni xususida soʻz yuritildi.
 

 

 

 

Shuningdek, Eshqobil Shukur boshchiligidagi ishchi guruh, “Minor” mahallasidagi Minora yodgorlik majmuasida ham “Uch avlod uchrashuvi”ni oʻtkazdi. Uchrashuvlar barcha yosh toifasidagi vatandoshlarimizni bir joyga jamlagani bilan ham ahamiyatlidir.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//