Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqida yana bir bor Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.
“Barchamiz guvoh boʻlyapmiz, bugungi kunda jahon miqyosida ishonch inqirozi tobora avj olmoqda. Global xavfsizlikni taʼminlashda yangi muammolar yuzaga kelmoqda va xalqaro huquq meʼyorlaridan chekinish holatlari kuchaymoqda.
Ayniqsa, Yaqin Sharqda uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan Falastin-Isroil muammosining nihoyatda xavfli tus olgani barchamizni jiddiy xavotirga solmoqda. Qurolli toʻqnashuvda tinch aholi, ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalar orasida qurbonlar va jarohat olganlar soni keskin ortib, nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchaymoqda.
Shu munosabat bilan tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarga barham berib, oʻt ochishni toʻxtatishga, gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga chaqiramiz.
Mazkur muammoning yagona va eng adolatli yechimi – nizoni “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishdir.
Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarida belgilanganidek, mustaqil davlat barpo etish huquqiga ega. Biz Tashkilotimiz doirasida bu boradagi yakdil va qatʼiy pozitsiyamizni butun dunyoga eʼlon qilishimiz zarur”, deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q