Jamiyat
Oʻzbekiston hududida 3-5-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Ushbu haftaning birinchi yarmida yogʻib oʻtgan yomgʻirlar va sovuqdan soʻng hafta oxiriga kelib, Oʻzbekistonga yana “oltin kuz” qaytib keldi.
Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.
Harorat kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24, janubda 25-27 daraja iliqqacha boʻladi.
Toshkentda 3-5-noyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq boʻladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112436
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q