Bebaho meros xavf ostida. Surxondaryodagi arxeologiya yodgorliklari oʻrnida molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi

Saqlash
16:32 / 03.11.2023 2227 0

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi arxeologiya yodgorliklari oʻrnida uy joy, yoʻl, molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, bebaho meroslar xavf ostida. Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Xususan:

mil. avv. V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yoʻli oʻtkazilishi oqibatida 888 mln. soʻmlik;

V–VIII asrlarga oid “Gʻoʻrintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd. soʻmlik;

I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilganligi oqibatida 266 mln. soʻmlik;

V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilganligi oqibatida 1,2 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//