Jamiyat
O‘zbekiston Davlat statistika agentligi sentabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 000 so‘m (o‘tgan oyda 20 800 so‘mni tashkil etgan);
Andijon viloyati — 23 600 so‘m (+1200 so‘m);
Buxoro viloyati — 28 200 so‘m;
Jizzax viloyati —24 200 so‘m (+1000 so‘m);
Qashqadaryo viloyati — 25 800 so‘m;
Navoiy viloyati — 22 400 so‘m (+1600 so‘m);
Namangan viloyati — 19 833 so‘m;
Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
Surxondaryo viloyati — 25 000 so‘m;
Sirdaryo viloyati — 24 200 so‘m (+1000 so‘m);
Toshkent viloyati — 23 500 so‘m (+1667 so‘m);
Farg‘ona viloyati — 21 333 so‘m (+1667 so‘m);
Xorazm viloyati — 24 800 so‘m (+2000 so‘m);
Toshkent shahri — 29 000 so‘m.
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — osh narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiruvchi Palov indeksi 2020-yilning yanvaridan joriy etilgan. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirishda respublikaning barcha hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqiladi. Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi belgilanadi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111049
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74524
Jamiyat
//
Izoh yo‘q