“Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”

Saqlash
22:53 / 01.11.2023 1411 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyatda manzilli chora-tadbir dasturiga asosan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Angor tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
 

 

Tadbirda Nuroniylar Respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, viloyat Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Orziqul Soatov, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda inson qadriga yuksak eʼtibor berilib, yurtboshimiz tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylanganini taʼkidladi.

 

 

Tadbir davomida mehmonlarga umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarning ijodiy chiqishlari hamda milliylikni oʻzida aks etgan koʻrgazmalar namoyish etildi.

Shuningdek, Respublika targʻibot guruhi aʼzolari tomonidan Termiz shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbir davomida maktab jamoasi hamda oʻquvchi-yoshlarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//