Jamiyat
“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Unga koʻra, 2024-yil uchun Davlat budjeti daromadlari 270,3 trln soʻm, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln soʻm miqdorida belgilanmoqda.
Shuningdek, konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdorini yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.
Budjeti taqchilligining yuqori chegarasi 52,5 trln soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.
2024-yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 kvadrium 301 trln soʻmni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. YAIM oʻsish surʼati prognozi — 5,6-5,8 foiz.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5 mlrd dollar etib belgilash taklif qilinmoqda. Shundan:
Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd dollar;
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd dollar miqdorida.
2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln soʻm miqdorida belgilanmoqda.
Hujjatga koʻra, 2024-yilda inflyatsiya darajasi 8-10 foiz atrofida shakllanishi moʻljal qilinmoqda.
2024-yilda birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar (qavs ichida respublika byudjetidan 2023-yilda ajratilgan mablagʻ koʻrsatilgan):
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln soʻm (26,7 trln);
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln soʻm (6 trln);
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi — 4 trln 587 mlrd 244,7 mln soʻm (3,66 trln);
4. Madaniyat vazirligi — 1 trln 100 mlrd 445,3 mln soʻm (746 mlrd);
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 1 trln 768 mlrd 859,2 mln soʻm (1,219 trln);
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — 1 trln 795 mlrd 563,6 mln soʻm (1,273 trln);
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 1 trln 711 mlrd 199,8 mln soʻm (657 mlrd);
8. Suv xoʻjaligi vazirligi — 10 trln 440 mlrd 149 mln soʻm (3,382 trln);
9. Energetika vazirligi — 242 mlrd 614,2 mln soʻm (70,5 mlrd);
10. Transport vazirligi — 6 trln 185 mlrd 909,4 mln soʻm (5,195 trln);
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — 816 mlrd 763 mln soʻm (278,4 mlrd);
12. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — 939 mlrd 85,7 mln soʻm (1,117 trln);
13. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi — 11 mlrd 552,3 mln soʻm (10 mlrd);
14. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 11 mlrd 360,3 mln soʻm (11 mlrd);
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 1 trln 121 mlrd 965,5 mln soʻm (478 mlrd);
16. Prezident huzuridagi Statistika agentligi — 257 mlrd 170,6 mln soʻm (197,6 mlrd);
17. Tashqi ishlar vazirligi — 874 mlrd 564,9 mln soʻm (765,4 mlrd);
18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1 trln 68 mlrd 205,5 mln soʻm (931 mlrd);
19. Raqamli texnologiyalar vazirligi — 313 mlrd 926,7 mln soʻm (183,6 mlrd);
20. Adliya vazirligi — 239 mlrd 289,8 mln soʻm (214,8 mlrd);
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 91 trln 928 mlrd 187 mln soʻm (vazirlik xarajatlari kesimida juda koʻplab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzlarga xizmat koʻrsatish va boshqa xarajatlar oʻrin olgan)(89,6 trln);
22. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi — 158 mlrd 416,7 mln soʻm (1,5 trln);
23. Vazirlar Mahkamasi — 2 trln 027 mlrd 346,8 mln soʻm (1,949 trln);
24. Prezident administratsiyasi — 1 trln 599 mlrd 699,2 mln soʻm (1,241 trln);
25. Oliy Majlis Senati — 108 mlrd 465,2 mln soʻm (92,8 mlrd);
26. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 1 trln 958 mlrd 940,2 mln soʻm (394,5 mlrd);
27. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — 17 mlrd 938,3 mln soʻm (16,4 mlrd);
28. Bosh prokuratura — 2 trln 112 mlrd 243,3 mln soʻm (1,494 trln);
29. Oliy sud — 1 trln 703 mlrd 218,8 mln soʻm (1,185 trln);
30. Konstitutsiyaviy sud — 10 mlrd 683,4 mln soʻm (8,8 mlrd);
31. Sudyalar Oliy kengashi — 46 mlrd 768 mln soʻm (35 mlrd);
32. Markaziy saylov komissiyasi — 18 mlrd 298,9 mln soʻm (23,6 mlrd);
33. MTRK — 559 mlrd 913,6 mln soʻm (521,9 mlrd);
34. OʻzA — 36 mlrd 721,3 mln soʻm (33,7 mlrd);
35. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — 67 mlrd 762 mln soʻm (65,7 mlrd);
36. Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi — 14 mlrd 726 mln soʻm (13,4 mlrd);
37. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi — 150 mlrd soʻm (150 mlrd);
38. Fanlar akademiyasi — 429 mlrd 943,7 mln soʻm (364,8 mlrd);
39. Badiiy akademiya — 140 mlrd 325,3 mln soʻm;
40. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 30 mlrd 720,9 mln soʻm (23,6 mlrd);
41. Hisob palatasi — 106 mlrd 025,9 mln soʻm (69 mlrd);
42. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 635 mlrd 623,9 mln soʻm (267 mlrd);
43. Strategik islohotlar agentligi — 38 mlrd 757,3 mln soʻm (35,8 mlrd);
44. Bolalar ombudsmani — 2 mlrd 271,9 mln soʻm;
45. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi — 733,4 mln soʻm(;
46. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 9 mlrd 114,5 mln soʻm;
47. Milliy antidoping agentligi — 8 mlrd 131,1 mln soʻm;
48. Din ishlari boʻyicha qoʻmita — 42 mlrd 163,1 mln soʻm;
49. Madaniy meros agentligi — 213 mlrd 588,3 mln soʻm;
50. Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 20 trln 274 mlrd 660,8 mln soʻm;
51. Boshqa tashkilotlar — 44 trln 574 mlrd 256,5 mln soʻm (36 trln).
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q