Jamiyat
Buxoro UNESCO'ning nufuzli “Ijodkor shaharlar tarmogʻi” dasturiga qoʻshildi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram'dagi kanalida maʼlum qildi.
Saida Mirziyoyevaga koʻra, ushbu koʻhna shaharning tarixiy va madaniy merosi jahon hamjamiyatining munosib eʼtirofiga sazovor boʻlgani nihoyatda muhim voqea. 2025-yilda Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Buxoroda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik boʻyicha birinchi Biyennale boʻlib oʻtadi.
“Ishonchim komilki, Biyennalening Buxoroda oʻtkazilishi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini jalb etadi, qadim shaharning ham mutaxassislar, ham sayyohlar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilishiga turtki beradi”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
Buxoro UNESCO'ning “Ijodkor shaharlari tarmogʻi” dasturiga “Amaliy bezak va xalq sanʼati” yoʻnalishi boʻyicha kiritilgan Markaziy Osiyodagi ilk shahar boʻldi. Mazkur dastur dunyoning jami 300 dan ortiq shahrini oʻz ichiga qamrab oladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q