Qanqa yodgorligidan V-VII asrlarga oid devoriy suratlar topildi

Saqlash
11:25 / 01.11.2023 1411 0

Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi Qanqa yodgorligida Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimlari Surʼat Kubayev, Gennadiy Bogomolov hamda markaz tayanch doktoranti Doston Badriddinovlar oʻrganish olib bordi.

Qazishmalar davomida oʻrta asr qurilishlari ostida ibodatxonaga tegishli boʻlgan ulkan inshoot qoldiqlari ochildi. Inshoot devorlari yonidan V-VII asrlarga tegishli devoriy rasmlar boʻlaklari topildi. Devor rasmlarida qizil va qora ranglar ishlatilgan.

Ulkan inshootning katta oʻlchamlari ilk oʻrta asrlarga tegishli ibodatxonaning sharqiy old qismida ulkan zal boʻlganini koʻrsatmoqda. Zal ichki qismidan devor rasmi parchalarining topilishi, uning hashamatli diniy marosimlar oʻtkazishga moʻljallanganini tasdiqlaydi.

Ushbu yodgorlik Toshkent shahrining eng yirik va qadimiy poytaxt shaharlaridan boʻlib, XI-XII-asrlarga qadar Buyuk ipak yoʻlidagi savdo aloqalarida eng muhim shahar sifatida tilga olingan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//