Jamiyat
Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar qiymati 100 million soʻmgacha (8,2 ming AQSH dollariga yaqin) boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan mamlakat bojxona hududidan olib chiqishga ruxsat berildi.
Adliya vazirligi Oʻzbekiston prezidentining 31-oktabrdagi farmoniga tayangan holda xabar qilishicha, 100 million soʻm va undan ortiq boʻlgan zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin.
Bungacha qiymati 5 ming dollardan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, hukumat qarori (283-son, 14.05.2020-y.) bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda maʼlumotlarni TSOYEAT (Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi) kiritmasdan Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 7-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabrdan jismoniy shaxslarga 10 ming dollargacha boʻlgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat berishni topshirgan edi.
2019-yil may oyida zargarlar oʻz mahsulotlarini mustaqil sinovdan oʻtkazish, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni chakana savdoda sotish, shuningdek, aholidan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar parchalari va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlarni sotib olish huquqiga ega boʻlgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q