Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Samarqandda muzokara oʻtkazadi

Saqlash
14:32 / 01.11.2023 976 1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi.

Oʻzbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qoʻshma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

1 Izoh

Shunqor

09:11 / 02.11.2023

Yurtboshimizning kuchli salohiyati va siyosati davlatimizni Evropa davlatlari bilan xalqaro musabatlarimizni yanada kuchaytirmoqda.

Izoh qoldirish

//