Xorazmda maktab oʻqituvchisi oʻquvchini kaltakladi

Saqlash
20:48 / 31.10.2023 1545 1

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bogʻot tumanidagi 2-IDUM da oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklagani aks etgan videolavha tarqatildi. Mazkur holat viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan oʻrganilgan.

Taʼkidlanishicha, videolavhada keltirilgan holat 30-oktabr kuni sodir boʻlgan. Tarix fani oʻqituvchisi Q.H. 9-sinf oʻquvchisi M.B.ni qayta-qayta ogohlantirishiga qaramasdan dars mashgʻulotiga tayyorgarliksiz kelganligi uchun uni kaltaklagan.

Holat yana bir oʻquvchi tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

“Bugungi kunda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning xohishiga koʻra bekor qilinganligini maʼlum qilamiz. Shuningdek, Bogʻot tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

1 Izoh

Алишерова зулфия

22:10 / 31.10.2023

Ассалому алайкум. Устоз шогирди беадаблик килса уришга хакки бор.яхши бул деб урадида яхши гапни тушунмагандан кейин.

Izoh qoldirish

//