Jamiyat
30-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan [OʻRQ-873-sonli] qonun bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra:
viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Avval bu vakolat Bosh prokurorda edi.
Shuningdek, prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu qonunda, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109723
Jamiyat
94103
Jamiyat
89889
Jamiyat
73090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q