Siyosat
29-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev Kobul shahrida Afgʻoniston Bosh vaziri oʻrinbosari Abdul Gʻani Mulla Barodar bilan uchrashdi.
Uchrashuv chogʻida bosh vazir oʻrinbosarlari Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir qator masalalarni muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, Kobul shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston vazirlik va idoralari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz delegatsiya tarkibidan Oʻzbekistonning energetika, suv xoʻjaligi, konchilik sanoati va geologiya, qishloq xoʻjaligi, investitsiya, sanoat va savdo, transport, tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, bir qator boshqa idoralar, tarmoq agentliklari hamda uyushmalari rahbarlari oʻrin oldi.
Kobulda oʻtkazilgan uchrashuvlarda “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmogʻi qurilishi loyihasini amalga oshirish, Oʻzbekistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish, Afgʻonistonda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ vakolatxonasini ochish, shuningdek, xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni oʻrganish va rivojlantirish istiqbollariga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Kobulga tashrifi doirasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasi, shuningdek, ikki mamlakatning davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” hamda “G2B” formatidagi uchrashuvlar oʻtkazildi.
Natijalarga koʻra, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik sanoati, transport-logistika, kimyo sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm-poyabzal, elektrotexnika sanoati kabi sohalarda 1 mlrd 185 mln dollarlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q