Jamiyat
News & World Report jahon davlatlarini armiya qudrati boʻyicha taqqoslab chiqdi. Navbatdagi tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston 87 davlat orasida 18-oʻrinni egalladi.
Tadqiqotga koʻra, Rossiya dunyodagi eng kuchli armiyaga ega mamlakat boʻlib qolmoqda, undan keyin — AQSH va Xitoy. Isroil 4-oʻrinda, Ukraina esa 6-pogʻonada. Ulardan tashqari dunyoda eng kuchli armiyaga ega 10 ta davlat orasiga Janubiy Koreya, Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya va Turkiya kiradi.
Lyuksemburg, Singapur va Estoniya qurolli kuchlari eng zaif armiyalar deb tan olindi.
Reyting 36 mamlakatda 17,2 ming kishi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida tuzilgan. Barcha mamlakatlar individual javoblar kombinatsiyasi asosida 73 mezon boʻyicha baholandi.
Oʻzbekiston armiya qudrati boʻyicha Qozogʻistondan 0,2 ballga oldinda – mos ravishda 16 va 15,8 ball. Shu bilan birga, Qozogʻiston avvalroq ikki yil ketma-ket oldinda edi: 2021-yilda – 25,6 va 21,5 ball, 2022-yilda – 12,6 va 10,8 ball.
Eng kuchli armiyaga ega davlatlar orasida Qoʻshma Shtatlar 2021-yilda Xitoydan 97,6 ball toʻplagan holda 97,4 ball bilan ikkinchi oʻrinni tortib oldi va ketma-ket uchinchi yil bu oʻrinni egallab turibdi.
Ukraina oʻz mavqeyini sezilarli darajada mustahkamlagan: tadqiqotga koʻra, 2023-yilda u 73,6 ball toʻplagan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 65,6 ballni tashkil etgan, 2021-yilda esa atigi 38,6 ballni tashkil qilgan.
Stokgolm tinchlikni oʻrganish xalqaro instituti (SIPRI) maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng katta harbiy byudjetga ega. 2022-yilda u 1,1 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, Qirgʻiziston va Tojikistonda bu koʻrsatkich mos ravishda 149,8 million va 103,5 million dollarni tashkil qilgan. Oʻzbekistonning harbiy xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.
Dunyodagi eng kuchli armiyaga ega boʻlgan mamlakatlar oʻrtasida harbiy xarajatlar juda katta farq qiladi. 2022-yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 86,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu AQSHdan 10 baravar kam — 876,9 milliard dollar. Xitoyning harbiy xarajatlari 292 milliard dollarni tashkil etdi. Taʼkidlash joizki, taʼsirchan miqdorlarga qaramay, har uch mamlakat ham armiyaga xarajatlarni oshirdi: AQSH va Xitoy — mos ravishda 8,8 foiz va 2,1 foizga, Rossiya — deyarli uchdan biriga.
Ukrainaning 2022-yil uchun harbiy xarajatlari SIRPI maʼlumotlariga koʻra 44 milliard dollarni tashkil etgan, bu 2021-yilga nisbatan 7,4 baravar koʻpdir.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Dbnz
15:10 / 31.10.2023
Judayam quvontiradigan xabar. Asta sekinlik bilan bo'lsayam yuqorilab boryapmiz. Bu albatta olib borilayotgan to'g'ri siyosatning mevasi.