Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
23:52 / 30.10.2023 1455 0

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jobir Odilovich Azimov Oʻzbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jobir Azimov muqaddam Samarqand viloyati prokurori oʻrinbosari va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokurori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan, soʻnggi vaqtlarda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Asilbek Anvarovich Xudoyorov Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Asilbek Xudoyorov oʻz vaqtida sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. Bundan tashqari, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan.

 

Gayane Olegovna Umerova Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari oʻrinbosari lavozimida ish boshladi.

Gayane Umerova Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining ijrochi direktori, Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi bosh kotibi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//