Jamiyat
Toshkent xalqaro aeroporti oldida, koʻprikdan tushaverishdagi aylanma yoʻl markazida Oʻzbekiston bayrogʻi oʻrnatildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.
Bayroq ustunining balandligi 62 m, matosining oʻlchami esa 12×24 m. Uning atrofida balandligi 16 m boʻlgan 38 ta bayroq ustunlari oʻrnatilgan boʻlib, ularda 2×4 m oʻlchamdagi bayroqlar hilpirab turadi. Ushbu bayroqlar shaharda oʻtkaziladigan milliy yoki xalqaro tadbirlarga, xorijiy delegatsiyalarning tashrifiga qarab oʻzgaradi.
Bundan tashqari, yoʻl oʻtkazgichdan aeroportga chiqishdagi aylanma yoʻl oldida favvora, oʻng tomonida esa ulkan proyeksiya ekrani oʻrnatilgan.
Ayni paytda atrof obodonlashtirilmoqda, jumladan, aeroport oldidagi avtobus bekatini yangilash ishlari ketmoqda.
Yangi yoʻl oʻtkazgich qurilishi davom etmoqda va uni 2024-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.


Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q