Jamiyat
Davlat statistika agentligi Oʻzbekistonda qaysi jins vakillari koʻproqligi haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etdi. Shundan 18 176 873 nafarini ayollar, 18 422 891 nafarini esa erkaklar tashkil qiladi. Doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga koʻproq.
Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga koʻpaygan. Aholi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 63,9 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q