Oʻzbekiston harbiylari NATO standartlariga asoslanib oʻtkazilgan xalqaro musobaqada gʻolib boʻldi

Saqlash
16:52 / 30.10.2023 1305 0

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreya Respublikasida ilk bor oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin boʻlishi uchun shahar va togʻ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib borgan. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.

 

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqaning 12 ta “jangi”da oʻzbekistonlik harbiylar 10 ta gʻalaba bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin AQSH hamda Koreya Respublikasi jamoalariga nasib etgan — toʻrttadan gʻalaba.

“Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi puxta va samarali tashkillashtirilgan tayyorgarlik natijasida musobaqa mobaynida jasurlik, gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq, yuksak darajadagi kasbiy va ruhiy tayyorgarlik, shuningdek, shaxsiy tarkibning jipsligini namoyon etdi”, — deyiladi xabarda.

 

Harbiylar 28-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//