Jamiyat
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 1-noyabrdan Toshkent jamoat transportida yoʻlkira narxi oshishini maʼlum qildi.
Bir turdagi jamoat transportida qatnov uchun qatʼiy belgilangan yoʻl haqi naqd va bank kartalari bilan toʻlashda 2000 soʻm, ATTO transport kartasi bilan toʻlashda 1700 soʻm etib belgilandi.
Bir soat ichida bir avtobusdan ikkinchisiga oʻtish va ATTO kartasi bilan toʻlashda yoʻl haqi uchun 700 soʻm toʻlash kerak boʻladi. Bir soat ichidagi uchinchi va toʻrtinchi avtobuslarda harakat uchun bepul boʻladi.
Bir soat ichida metrodan avtobusga, bir metrodan ikkinchisiga yoki avtobusdan metroga oʻtishda chegirmalar qoʻllanishiga aniqlik kiritilmagan. Bu avvaldan rejalashtirilganidek, keyingi bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
Avtobuslar va metropolitenda yoʻlkira narxini oshirish va bir soat ichidagi oʻtishlarda chegirmalar joriy etish bir necha bor qoldirilgan. Tarifni 1600 soʻm qilib belgilash taklif etilgandi. Amaldagi tarif — 1400 soʻm bir necha yildan beri oʻzgarmagan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q