Tinchlik, osoyishtalik yurt sarhadlaridan boshlanadi

Saqlash
22:26 / 27.10.2023 2515 0

Yurtimizning chegaraoldi mahallalarida yashovchi yoshlar turli yot gʻoyalar girdobiga tushib qolishining oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda anʼanalarga hurmat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari hamkorligida “Vatan ostonasi” festivali boʻlib oʻtmoqda. Shu yilning sentabr oyida dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida boshlangan tadbirlar Fargʻona, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida davom etdi.

 

Ijodiy jamoaning navbatdagi manzili Samarqand viloyati boʻldi. Urgut tumanidagi “Chep” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi amfiteatrda oʻtkazilgan tadbirda hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova, yuridik fanlar doktori, professor Feruza Muhiddinova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Hakima Otaxonova va Alisher Otaboyev ishtirok etdi. Taʼkidlash joiz, “Chep” mahalla fuqarolar yigʻini Tojikiston bilan chegaradosh boʻlib, aholisining yashash tarzi ham oʻziga xos.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Amfiteatrdagi samimiy ruh, koʻtarinki kayfiyat qadim shaharning anʼanalari kabi birdam va bardam. Bu esa mazkur maskandagi tadbir shukuhida ham yaqqol namoyon boʻldi. Maʼruzachilarning yoshlar ongiga taʼsir qilishga urinayotgan turli yot gʻoyalarga qarshi kurashish, buning uchun esa vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, taʼlim olish, kasb-hunar egallash, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish lozimligi xususida bildirgan fikr-mulohazalari ishtirokchilarning yetarlicha xulosa chiqarishiga turtki boʻlgani rost.

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirlar doirasida tumandagi harbiy shaharchada harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil qilindi. “Oila – mustahkam qoʻrgʻon” mavzusidagi davra suhbatida maʼruzachilar oilaga sadoqat, farzand tarbiyasida eʼtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar xususida fikr yuritdilar. Taʼkidlash joiz, mazkur tadbirda ajrim yoqasiga kelib qolgan ikki oila yarashtirildi. Shuningdek, tadbir davomida harbiylarga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Tumanning “Vatikan-Qoʻzibek” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 16-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan navbatdagi tadbir oʻquvchilar qalbiga oʻzgacha shukuh baxsh etdi. Bildirilgan samimiy fikrlar, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar qatnashchilarning yuzida samimiy tabassum boʻlib balqidi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijodiy jamoaning navbatdagi manzili Bulungʻur tumani boʻldi. Olis chegaraoldi harbiy qismdagi uchrashuv hamda chegarachilarning oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻzaro fikr almashish, hayotiy voqealarni boʻlishish singari samimiy muloqotga boy tarzda davom etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//