Jamiyat
Oʻzbekiston World Justice Project (WJP) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan qonun ustuvorligi yillik reytingida 142 mamlakat orasida 78-oʻrinni egalladi, deb yozmoqda “Kun” nashri.
Reytingga kiritilgan MDH davlatlari orasida Qozogʻiston eng yuqori (65-oʻrin), Rossiya esa eng past (113-oʻrin) oʻrinni egalladi. Qirgʻiziston 103-oʻrinda, Belarus 104-oʻrinda joylashdi.
Roʻyxatning yuqori beshligidan Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Germaniya joy olgan. Oxirgi oʻrinlarni Venesuela, Kamboja, Afgʻoniston, Gaiti va Kongo Demokratik Respublikasi egallagan.
WJP reytingi fuqarolar, huquqshunoslar va huquq sohasidagi ekspertlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar asosida tuziladi. Qonun ustuvorligini oʻlchash uchun sakkizta omil qoʻllaniladi: hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaning yoʻqligi, hokimiyatning ochiqligi, fuqarolarning asosiy huquqlariga rioya etilishi, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolik va jinoiy sud jarayonlari.
Reyting mualliflarining qayd etishicha, qonun ustuvorligi jahon miqyosida ketma-ket yettinchi yil pasaymoqda. 2016-yil bilan taqqoslaganda, retsessiya mamlakatlarning 78 foiziga taʼsir koʻrsatgan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, qonun ustuvorligining zaiflashuvining ikkita asosiy sababi avtoritarizmning kuchayishi va sud tizimining zaifligidir.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q