Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi

Saqlash
16:46 / 27.10.2023 2300 0

Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar taʼsiridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb eʼtirof etish;

“Tungi vaqt”ni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar boʻlgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar boʻlgan vaqt etib belgilash;

2024-yil 1-yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar;

“Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratish hamda masʼul xodimlarni tizimdan foydalanish boʻyicha oʻqitish;

hidlar va yorugʻlik shovqinlari boʻyicha sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash va buzish ishlarida changning chiqishi va atrof-muhitga tarqalishini oldini olish imkonini beradigan zamonaviy suvni purkaydigan (mikroklimat) texnologiyalarini joriy etish choralarini koʻrish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//