Jamiyat
Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha boʻlgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining soʻnggi bosqichi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni yoʻnalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash maqsadida, 3-5-noyabr kunlari 3 kun muddatga, “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishining “Tolariq” (10-bekat), “Xonobod” (11-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati toʻxtatiladi.
Bu kunlarda “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar poyezdlar harakati “Texnopark” (Doʻstlik-2) — “Qiyot” (9-bekat) bekatlari oraligʻida tashkil etiladi.
Shuningdek, yoʻlovchilarga “Qiyot” (9-bekat) — “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi qoʻshimcha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111049
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74524
Jamiyat
//
Izoh yo‘q