Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston parlamenti majlisi raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi

Saqlash
14:33 / 27.10.2023 2064 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Qozogʻiston Majlisining raisi davlat rahbariga Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi oʻrtasidagi Parlamentlararo kengashning bugun boʻlib oʻtgan birinchi yigʻilishining samarali natijalari taʼkidlandi.

Kelishuvlarni bajarish, hududlar oʻrtasidagi hamkorlikni va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida yaqin parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qonun ijodkorligi faoliyati sohasida, oʻz-oʻzini boshqarish organlarini rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida tajriba almashish, shu jumladan yosh deputatlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish hamkorlikning muhim yoʻnalishi sifatida belgilab olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//