Madaniyat
Bugun Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Xalqobod” madaniyat markazida O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Olovlar, chamanlar ichra o‘zim bor” mavzusida adabiy tadbir tashkil qilindi.
Mamlakatimizda el suygan adiblarning nomini abadiylashtirish, yubileyini keng miqyosda nishonlash an’anasi ma’naviy-ma'rifiy islohotlarning uzviy qismiga aylanib ketgan. Vazirlar Mahkamasining “2023-yilda adabiyot, madaniyat va san’at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib etish to‘g‘risida”gi farmoyishida O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi nomi ham alohida zikr etilgan.
Atoqli shoir dunyoga kelgan Yangiyo‘l tumanida bugun o‘tkazilgan adabiy kechani Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qutlov so‘zi bilan ochdi. Rauf Parfining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Majidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, taniqli san’atkor Dadaxon Hasanov, shoirning qo‘shnisi Bahodir Sultonov so‘zga chiqib, Rauf Parfi hayoti va ijodi haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi, shaxsiy xotiralarini so‘zlab berishdi.
Ayni kunlarda millat shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Jo’ra
23:10 / 27.10.2023
Rauf Parfi millat shoiri, uning barcha asarlari millat va mamlakat, ya’ni turk va Turkistonga, uning ozodligiga bag’ishlangan edi... Hayotining oxirigacha shu buyuk orzu bilan yashadi, ijod qildi...