Siyosat
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozogʻistonga tashrifidan soʻng 2-noyabr kuni Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda AFP xabar berdi.
“Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yoʻlida qoʻllab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qoʻshishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatiga tayyor”, — deyiladi agentlik bayonotida.
Qayd etilishicha, Qozogʻiston va Oʻzbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad “iqtisodiy sohada, xususan, energetika sohasida, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilishdir”.
Maʼlumotlarga koʻra, agar tashrif amalga oshsa, Makron Oʻzbekistonga kelgan Fransiyaning ikkinchi Prezidenti boʻladi. 1994-yilda Fransiyaning 21-prezidenti Fransua Mitteran Samarqandga kelgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112267
Jamiyat
94946
Jamiyat
91055
Jamiyat
75826
Jamiyat
//
Izoh yo‘q