Jamiyat
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov respublika davlat bayrogʻiga oʻzgartirish kiritish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi.
“Balki bayrogʻimiz koʻrinishini qayta koʻrib chiqish vaqti kelgandir. Davlat bayrogʻi elementlariga maʼlum oʻzgartirishlar kiritish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud”, — deydi u.
Japarovga koʻra, avvalroq Qirgʻiziston jamiyatida davlat bayrogʻi kungaboqarga oʻxshab ketishi haqidagi fikrlar yangragan.
Bir guruh parlament deputatlari respublika bayrogʻi dizaynini oʻzgartirish gʻoyasi bilan chiqqan. Ular quyosh nurlarini toʻlqinli emas, balki toʻgʻri qilishni taklif qilgan.
“Deputatlar taklif qilgan variant menga yoqmagandi. Bir kamchilik bordek tuyuldi. Quyosh nurlari tikanlarga oʻxshardi. Mutaxassislar bilan maslahatlashgandan soʻng, ular bu masalani tuzatdi. Yangi versiya haqiqatan ham quyosh nurlariga oʻxshaydi”, — dedi Sadir Japarov.
Qirgʻiziston bayrogʻi mamlakat Oliy Kengashining 1992-yil 3-martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga muvofiq, bayroq rangi qizil boʻlib, markazida tasvirlangan quyosh nurlari bilan oʻralgan oʻtovning tuynugi milliy ramz ekani belgilab qoʻyilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q