Jamiyat
Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi 4,4 million soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida keltirildi.
Unga koʻra, 2023-yilning yanvar—sentabr oylarida qayd etilgan mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,1 foizga oshgan.
Hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida kuzatildi — qariyb 7,2 million soʻm. Undan keyingi oʻrinlarni Navoiy (5,7 million soʻm) va Toshkent viloyatlari (4,4 million soʻm) egalladi.
Eng katta oʻrtacha oylik ish haqi Toshkent shahriga (7 186 900) toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu borada eng past koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida — 3,2 million soʻm. Shuningdek, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona hamda Namangan viloyatlarida ham past koʻrsatkich kuzatilgan.
Hududlar kesimida oʻrtacha oylik ish haqi quyidagicha:
Toshkent shahri — 7 186 900;
Navoiy viloyati — 5 750 300;
Toshkent viloyati — 4 419 200;
Andijon viloyati — 3 850 400;
Buxoro viloyati — 3 785 800;
Xorazm viloyati — 3 649 300;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3 638 200;
Sirdaryo viloyati — 3 533 600;
Jizzax viloyati — 3 388 400;
Fargʻona viloyati — 3 340 400;
Surxondaryo viloyati — 3 314 200;
Samarqand viloyati — 3 298 900;
Namangan viloyati — 3 258 800;
Qashqadaryo viloyati — 3 200 800.
2023-yil yanvar—sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng baland koʻrsatkichi moliya va sugʻurta sohasiga toʻgʻri kelib, 12,7 million soʻmni tashkil etdi. Axborot va aloqa sohasi 10,3 million soʻmni, tashish va saqlash sohasi 6,7 million soʻm va sanoat sohasi 5,4 million soʻmni tashkil etib, oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori koʻrsatkichni tashkil qildi. Taʼlim (3 million soʻm) hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish (2,9 million soʻm) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pogʻonalarda qayd etildi.
Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 080 888 nafar xodim maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Saidahmad
17:11 / 01.11.2023
Oʻqituvchi va shifokorlarning oyligi oshirilishi kerak, chunki insonning va uning butun hayotining asosiy boʻgʻini shu aslida.