Jamiyat
Markaziy bank Boshqaruvining 2023-yil 26-oktabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
“Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan soʻng, mahsulotlar taklifidagi oʻzgarishlar va inflyatsion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi.
Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini taʼminlashga xizmat qiladi”, – deyiladi Markaziy bank press-relizida.
Qayd etilishicha, umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashgan. Markaziy bank inflyatsiya oʻsishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar oʻzgarishining umumiy inflyatsiyadagi hissasi ortishi bilan izohlamoqda.
Maʼlumot uchun, Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023-yil 14-dekabrga belgilangan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q