Jamiyat
Toshkent metropoliteni bekatlarida Handpay (qoʻlni skanerdan oʻtkazish orqali) toʻlash tizimi ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda ATTO toʻlov tizimi vakili Gazeta.uzʼga ICTExpo koʻrgazmasida maʼlum qilgan.
Kompaniya bosh mutaxassis Otabek Alimovning soʻzlariga koʻra, mazkur yangilik Transport vazirligi, UZINFOCOM kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.
“Biz bugun koʻrgazma doirasida Handpay tizimini namoyish etmoqdamiz. Bunda mijozlar skanerga qoʻlini koʻrsatishi orqali toʻlovni amalga oshiradi. Bu xizmatdan foydalanish uchun ilovamizga Facepay [yoʻlkirani odam yuzi orqali toʻlasa boʻladigan tizim] kabi maʼlumotlarni kiritish kerak boʻladi, u esa hozirgi kunda Buyuk ipak yoʻli metro bekatida sinov tariqasida ishlamoqda. Shu bilan bir paytda aholining yangi tizim borasidagi fikrlari hamda takliflari oʻrganilmoqda”, — dedi u.
Mutaxassis uning qachon yoʻlga qoʻyilishi borasida gapirarkan, Facepay tizimi barcha metro bekatlarini 100 foiz qamrab olib, odamlar oʻrganib olganidan soʻng boshlanishini qayd etdi. Undan foydalanish haqida yoʻriqnoma ishlab chiqiladi.
Sentabr oyida Buyuk ipak yoʻli metro bekatining ikkala kirish qismida Face ID qurilmasini sinovdan oʻtkazish boshlangandi. Sinov muvaffaqiyatli oʻtsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo boʻlishi aytilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q