Jamiyat
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi bilan bogʻliq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar koʻpaymoqda. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi aholiga tushuntirish berdi.
Unga koʻra, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini maʼlum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
“Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon boʻlib, biz bunga bor masʼuliyatimiz bilan yondashamiz. Toshkent shahri aholisidan vaziyatga toʻgʻri baho berib, sabr qilishlarini soʻraymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q