Jamiyat
Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi. Bu haqda 25-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishda maʼlum qildi.
Davlat rahbari mutasaddilarga ushbu dovondan oʻtish talablarini yengillashtirishni topshirarkan, 2024-yilda mazkur dovonda yangi tunnel va yoʻl qurish loyihasi boshlanishini maʼlum qildi.
Avgust oyida Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi Taxtaqoracha dovoni orqali uzunligi 7 km boʻlgan tunnel qurishni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi. Loyiha qiymati 200 mln dollarga baholangan, obyektni 30 yilga xususiy sheriklikka berish koʻzlangan.
Yigʻilishda, shuningdek, xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bogʻlovchi 30 kilometr yoʻlni taʼmirlash ishlari boshlanishi qayd etildi. Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yoʻlining Qashqadaryodan oʻtgan 100 kilometr qismini taʼmirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
109722
Jamiyat
94100
Jamiyat
89887
Jamiyat
73089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q