Ertaga aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
20:47 / 25.10.2023 1426 0

“Oʻzgidromet” 26-oktabr, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +18...+20 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +12...+17 daraja; Xorazm viloyatida kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +14...+19 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +17...+22 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin; baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//