Siyosat
Qarshi shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, davlat rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq boʻlib, kun oʻtsa boʻldi, qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etgan.
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish oʻrinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tushumlar kerak”, dedi prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday koʻmak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Shavkat Mirziyoyev 24-oktabrdan beri hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
109878
Jamiyat
94214
Jamiyat
90047
Jamiyat
73248
Jamiyat
//
Izoh yo‘q