Jamiyat
Toshkent shahrida 24-25-oktabr kunlari ayrim avtobus yoʻnalishlari harakatiga oʻzgartirishlar kiritiladi.
56-sonli “Tarixteshar mahallasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishining harakati bir tomonlama Furqat va Alisher Navoiy koʻchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali Chorsu savdo markaziga chapga harakatlangan holda oʻzgartiriladi.
60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur, Islom Karimov koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
95-sonli “Yunusobod 15-dahasi – Aviasozlar ASHB” avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama Parkent, Kichik halqa yoʻli, Katta Darxon, Oqqoʻrgʻon, Osiyo koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
16-sonli “Navroʻz bozori – Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishining harakati Navroʻz bozoridan TTZ ASHBgacha uzaytiriladi.
103-sonli “Doʻmbirobod mavzesi – Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishining harakati Doʻmbirobod mavzesidan Chilonzor buyum bozori ASHBgacha uzaytiriladi.
148-sonli “Mirishkor mahallasi – Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishining harakati Mirishkor mahallasidan Olmos mahallasi hududigacha uzaytiriladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q