Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov bu xabarlarni rad etdi.
“Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band”, — deb yozadi u.
Shuningdek, viloyat hokimi matbuot kotibi tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishini ham eslatib oʻtgan.
Zoyir Mirzayev 2021-yilning noyabridan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab keladi.
Qayd etish kerak, bir necha manbalar Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod qilinganini yozmoqda. Biroq hozircha bu boʻyicha rasmiy maʼlumot berilmadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q